Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryodagi o‘zaro janjalda maktab o‘quvchisi pichoq bilan jarohatlandi
2019 yil 27 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tuman IIBdan hujjatlar tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ularga ko‘ra, shu yil 19 avgust kuni Paxtakor MFYda yashovchi 27 yoshli B.E. Paxtakor MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Zarafshon ko‘chasida yashovchi 25-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 17 yoshli N.A.ni pichoq bilan jarohatlagan.
Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.E. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
00:19 / 05.07.2026
Sirdaryodagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026