Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshava Berlin urush oqibatlari uchun tovon puli to‘lashi kerakligini aytdi
Foto: Kun.uz
Germaniya Polsha hududiga hujum qilgani oqibatlari uchun tovon puli to‘lashi kerak. Bu haqda Polsha prezidenti Anjyey Duda Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ayni vaqtda Varshava “mas'uliyat va axloq masalasi” hisoblangan tovon pulining yangi qiymatini hisoblab chiqmoqda.
Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘rnak bo‘ladigan dajarada yaxshi bo‘lsa-da, urush vaqtida 6 million polyak o‘ldirilgan, ko‘plab shaharlar jiddiy talafotga uchragan, Polsha poytaxti esa butkul vayronaga aylangan.
2017 yilda Polsha Germaniya tomonidan yetkazilgan zararni 48,8 mlrd dollarga baholagan, biroq 2018 yilda bu qiymat 850 mlrd dollargacha oshib ketgan. Germaniya Polshaga bu masala bo‘yicha yangi to‘lovlar to‘lashi zarurligini rad etmoqda, chunki u 1991 yilda Varshavaga 1,3 mlrd dollar to‘lab bergan.
Mavzuga oid
11:43 / 11.02.2026
Lufthansa uchuvchilari 24 soatlik ish tashlash e’lon qildi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
14:16 / 10.02.2026
Ukraina: Germaniya Rossiyani tinchlik muzokaralarida murosaga chaqirmoqda
12:27 / 10.02.2026