O‘zbekiston | 14:10 / 02.09.2019
19792
2 daqiqa o‘qiladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat migrantlarining sonini ochiqladi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

2019 yilning 30 avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, dastlab soha mutaxassislari ishtirokida 2019 yil 20 avgustda qabul qilingan “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni hamda 2019 yil 23 avgustda qabul qilingan “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mas'ul xodimi Azim Axmatov hozirda mehnat migrantlarning soni taxminan 2,6 va 3 mln atrofida ekanligini bildirdi.

Shuningdek, Rossiyada payvandlash (svarkachilik) sohasida migrantlarga talab katta ekanligini hamda payvandlash sohasidagi mutaxassislarga mehnati uchun yuqori haq to‘lanayotganligini ma'lum qildi. Xususan, ular kuniga eng kamida 1700 rubl miqdorida haq olishi mumkinligi bildirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid