Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi Soliq kodeksi loyihasi yana jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
Soliq töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar röy berişi kerak bölgan voqea yoki amalga oşirilişi kerak bölgan harakat körsatilgan kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, çoraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan ötiş davri bilan aniqlanadi.
Kalendar sanadan yoki voqea röy berişi kerak bölgan sanadan keyingi kun soliq töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatni hisoblaş kuni deb hisoblanadi.
Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegişli oyi va kunida tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan 12 oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb e'tirof etiladi, kalendar yil bundan mustasno.
Çoraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegişli kunida tugaydi. Bunda çorak uç kalendar oyga teng deb hisoblanadi, çoraklarni sanaş esa kalendar yil boşidan e'tiboran olib boriladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegişli kunida tugaydi.
Agar muddatning tugaşi tegişli sana mavjud bölmagan oyga töğri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi.
Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan bölsa, iş kunlari bilan hisoblanadi. Bunda Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq dam oliş va (yoki) işlanmaydigan bayram kuni deb e'tirof etilmaydigan kun iş kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oxirgi kuni Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq dam oliş va (yoki) işlanmaydigan kun deb e'tirof etiladigan kunga töğri kelsa, dam oliş kunidan va (yoki) işlanmaydigan kundan keyingi iş kuni muddatning tugaş kuni deb hisoblanadi.
Amalga oşirilişi uçun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar bajarilişi mumkin.
Agar hujjatlar yoxud pul mablağlari aloqa taşkilotiga muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar topşirilgan bölsa, muddat ötkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.
Soliq töğrisidagi qonun hujjatlari majburiylik, adolatlilik, aniqlik, soliq tizimining yagonaligi, oşkoralik va soliq organlarining soliq tölovçilar bilan hamkorligi prinsiplariga asoslanadi.
Özbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) foyda soliği;
2) jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği;
3) qöşilgan qiymat soliği;
4) aksiz soliği;
5) yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq;
7) mol-mulk soliği;
8) yer soliği;
9) yagona ijtimoiy soliq.
Özbekiston Respublikasi hududida yiğimlar belgilanişi mumkin. Yiğimlarni joriy etiş, hisoblab çiqariş va tölaş tartibi soliq töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yiğimini hisoblab çiqariş va tölaş tartibi uşbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat boji – yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oşirganlik va (yoki) bunday harakatlar uçun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor şaxslar tomonidan hujjatlarni berganlik uçun olinadigan tölovdir. Özbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oşirganlik uçun davlat boji konsullik yiğimi tariqasida undiriladi.
Davlat bojini hisoblab çiqariş va undiriş tartibi davlat boji töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Soliq tölovçilarning ayrim toifalari uçun Özbekiston Respublikasi hududida uşbu Kodeks bilan maxsus soliq rejimlari belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimoti töğrisidagi bitimlar iştirokçilariga soliq solişning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilariga va çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalarga soliq solişning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari va çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalar uçun maxsus soliq rejimlari qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oşiriş hamda boşqa şartlarni bajariş bilan boğliq holda muayyan muddat uçun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni tölaşdan ozod etişni, şuningdek pasaytirilgan soliq stavkalarini va boşqa soliq imtiyozlarini qöllaş nazarda tutişi mumkin.
Soliq tölovçilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub'yektlari deb e'tirof etiladi.
Belgilangan soliqlar va yiğimlarni tölaş majburiyati uşbu Kodeksga muvofiq zimmasiga yuklatilgan yuridik va jismoniy şaxslar soliq tölovçilar deb e'tirof etiladi.
Yuridik şaxslarning alohida bölinmalari mazkur şaxslarning soliqlar va yiğimlarni tölaş böyiça majburiyatlarini uşbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yuridik şaxslarning alohida bölinmalari joylaşgan joyi böyiça bajaradi.
Uşbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik şaxs taşkil etmagan holdagi çet el tuzilmalari soliq tölovçilar deb e'tirof etiladi.
Soliq tölovçilar:
1) soliq organlaridan va boşqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar töğrisida, soliq töğrisidagi qonun hujjatlaridagi özgarişlar haqida, soliqlarni hisoblab çiqariş va tölaş tartibi töğrisida axborot oliş, şuningdek, soliq hisobotining va arizalarning şakllarini, ularni töldiriş tartibi haqida tuşuntirişlarni bepul oliş;
2) öz soliq majburiyatlarini bajariş yuzasidan soliq organlaridagi va boşqa vakolatli organlardagi mavjud ma'lumotlarni oliş;
3) uşbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud bölganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalaniş yoxud ulardan foydalanişni rad etiş;
4) soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqça tölangan yoki ortiqça undirilgan summalarini öz vaqtida hisobga ötkaziş yoki qaytariş;
5) uşbu Kodeksda belgilangan tartibda va şartlarda soliqlarni tölaşni keçiktiriş va (yoki) bölib-bölib tölaş;
6) soliq soliş obektlarini hisobga olişda, soliqlarni hisoblab çiqariş va tölaşda özlari yöl qöygan xatolarni mustaqil ravişda tuzatiş;
7) uşbu Kodeksga muvofiq özlarining hududlarida ötkaziladigan sayyor soliq tekşiruvi va soliq auditida iştirok etiş;
8) sayyor soliq tekşiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanişiş, şuningdek uşbu tekşiruvlarning dalolatnomalarini oliş;
9) soliq tekşiruvini amalga oşiruvçi soliq organlariga soliq töğrisidagi qonun hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar böyiça tuşuntirişlar beriş;
10) soliq organlari va boşqa vakolatli organlarning hamda ularning mansabdor şaxslarining uşbu Kodeksga va (yoki) soliq töğrisidagi boşqa qonun hujjatlariga muvofiq bölmagan talablarini bajarmaslik;
11) soliq organlari va boşqa vakolatli organlarining normativ tusga ega bölmagan hujjatlari va qarorlari ular mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda şikoyat qiliş;
12) soliq organlari va boşqa vakolatli organlarining qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor şaxslarning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning örni qoplanişini belgilangan tartibda talab qiliş;
13) uşbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekşiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boşqa hujjatlarini körib çiqiş jarayonida iştirok etiş;
14) soliq munosabatlari masalalariga oid öz manfaatlarini şaxsan yoki öz vakili orqali, şu jumladan soliq maslahatçilari taşkiloti orqali ifodalaş;
15) soliq siriga rioya etiş va uni saqlaş huquqiga ega.
Soliq tölovçilar uşbu Kodeksda va soliq töğrisidagi boşqa qonun hujjatlarida belgilangan boşqa huquqlarga ham egadir.
Soliq tölovçining soliq munosabatlarida şaxsan iştirok etişi uni vakilga ega böliş huquqidan mahrum etmaydi, xuddi şuningdek vakilning iştirok etişi soliq tölovçini bunday munosabatlarda şaxsan iştirok etiş huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq tölovçilarning huquqlari soliq organlari va boşqa vakolatli organlar mansabdor şaxslarining tegişli majburiyatlari bilan ta'minlanadi.
Soliq tölovçilarning huquqlarini ta'minlaşga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab böladi.
Soliq tölovçilar:
1) belgilangan soliqlar va yiğimlarni, avans oldindan tölanadigan hamda joriy tölovlarni uşbu Kodeksning maxsus qismida belgilangan tartibda va muddatlarda, öz vaqtida hamda töliq hajmda hisoblab çiqarişi va tölaşi;
2) hujjatlarni körib çiqiş yoki tuşuntiriş beriş zaruriyati töğrisida çaqiruv xati olinganda soliq organiga kelişi;
3) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişda xaridorga hisobvaraq-fakturalar, çeklar yoki ularga tenglaştirilgan hujjatlarni berişi;
4) soliq tekşiruvini ötkazayotgan soliq organlarining mansabdor şaxslarini soliqlarni hisoblab çiqariş va tölaş uçun asos bölib xizmat qiladigan hujjatlar, soliqlarni töğri hisoblab çiqarilganligi va öz vaqtida tölanganligini tasdiqlovçi hujjatlar, şuningdek elektron jismlarda saqlanadigan tegişli axborot bilan tanişiş uçun kirişini ta'minlaşi;
5) soliq organlari va boşqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarişi, şuningdek körsatilgan organlar va ular mansabdor şaxslarining qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilmasligi;
6) agar uşbu Kodeksda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab çiqariş hamda tölaş uçun zarur bölgan boşqa hujjatlarning tegişli soliqlarni tölaş uçun belgilangan kalendar yildan keyingi olti yil mobaynida saqlanişini ta'minlaşi;
7) özi hisobga olingan joydagi soliq organlarini Özbekiston Respublikasi yuridik şaxslari va çet el yuridik şaxslaridagi iştiroki töğrisida xabardor etişi;
8) soliq töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa majburiyatlarni öz zimmasiga olişi şart.
Soliq tölovçi bölgan yuridik şaxslar uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan taşqari, özlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga özlarining barça alohida bölinmalari töğrisida va alohida bölinmalarga oid ilgari xabar qilingan ma'lumotlaridagi özgarişlar töğrisida alohida bölinma taşkil etilgan va mazkur ma'lumotlar özgartirilgan kundan e'tiboran bir oy içida ma'lum qilişi şart.
Uşbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotini elektron şaklda taqdim etiş majburiyati zimmasiga yuklatilgan şaxslar soliq organlari soliq töğrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi öz vakolatlarini amalga oşiriş çoğida foydalanadigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali elektron şaklda olinişini ta'minlaşi kerak. Bunda hujjatlar jönatilgan sanadan e'tiboran uç kun içida olingan deb hisoblanadi.
Uşbu Kodeksga muvofiq soliq soliş obekti deb e'tirof etiladigan köçmas mol-mulkka ega bölgan çet ellik yuridik şaxslar uşbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan taşqari, köçmas mol-mulk obekti turgan joydagi soliq organiga uşbu çet ellik yuridik şaxsning iştirokçilari töğrisidagi ma'lumotlarni uşbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilişi şart. Yuridik şaxs taşkil etmagan holdagi çet el tuzilmalari mazkur holatlarda öz muassislari, benefitsiarlari va boşqaruvçilari haqidagi ma'lumotlarni xabar qilişi kerak. Çet ellik yuridik şaxsda (yuridik şaxs taşkil etmagan holdagi çet el tuzilmasida) uşbu moddada körsatilgan bir neçta mol-mulk obekti mavjud bölgan taqdirda, uşbu şaxs tanloviga köra, xabar mol-mulk obektlarining biri turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasi orqali tovarlar olib ötilişi munosabati bilan soliqlar tölaydigan soliq tölovçilar Özbekiston Respublikasining bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni ham öz zimmasiga oladi.
Soliq tölovçi öz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uçun Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar böladi.












