Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elektron hukumatni joriy etish jarayonida Estoniya tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari No‘'mon Muhammadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniya e-hukumat Akademiyasiga tashrif buyurdi.
«Maqsad – elektron hukumatni joriy etish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, davlat xizmatlarini takomillashtirish va mazkur sohada Estoniyaning ilg‘or tajribasi bilan almashish.
O‘z o‘rnida, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari tomonidan yurtimizda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimi, o‘tgan qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirish yo‘lidagi istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qilindi.
Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish — davlat xizmatlari sohasini takomillashtirish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Shu bois, Davlat xizmatlari agentligining xodimlari doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirish, ushbu jarayonda eng yangi axborot va texnologik yechimlarni joriy etish uchun ish olib borishadi», deyiladi DXA matbuot xizmati xabarida.




Mavzuga oid
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
13:53 / 06.02.2026
Estoniya Rossiya bilan chegaradagi ikki punktda harakatni cheklaydi
13:06 / 26.01.2026
Estoniya TIV rahbari Shryoderning Rossiya haqidagi gaplarini tanqid qildi
23:10 / 18.12.2025