Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida yana mojaro yuz berdi. Bu safar shag‘al tufayli
2019 yil 2 sentyabrda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida navbatdagi mojaro yuz berdi, uning davomida tojik chegarachilari havoga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzdilar. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi, deb yozmoqda Knews.
Botken viloyati, Botken tumanining Oqsoy qishlog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Qirg‘iziston fuqarolari Oqsoy daryosining bir qirg‘og‘ida bo‘lib turib, daryodan shag‘alni mashinalarga tashishgan.
Shu vaqt, daryoning boshqa qirg‘og‘iga (Tojikiston Respublikasi hududida) tojik chegarachilari naryadi yetib kelgan, ular havoga qarata uch marotaba ogohlantiruvchi o‘q uzishgan.
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Mojaro sabablari va tafsilotlarini aniqlash, shuningdek, uning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Qirg‘iziston va Tojikiston chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bundan oldin, 31 avgust kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida mojaro kelib chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026