Jamiyat | 10:47 / 03.09.2019
3996
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati yo‘l yoqasidagi maktablar oldida YHXB inspektorlari xizmat olib boradi

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati

2019/2020 o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari yo‘l yoqalarida joylashgan maktablar hududida navbatchilik qilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat YHXB Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda. 869ta maktab va 118ta kasb-hunar kollej va litseylari mavjud bo‘lib, ushbu o‘quv muassasalarining 292tasi yo‘l yoqasida, jumladan 186tasi transport vositalari serqatnov bo‘lgan halqaro va davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan yo‘llar yoqasida joylashgan. 

Ushbu raqamlarni inobatga olib Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘llarda bolalar ishtirokida yo‘l transport hodisalarining oldini olish, o‘quvchilarni o‘quv muassasalariga xavfsiz kelib ketishlarini ta'minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l yoqasidagi maktab va kollejlar oldida joylashgan 162ta piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l chiziqlari qaytadan chizildi. Mavjud 276ta yo‘l belgilari almashtirildi va 42ta qo‘shimcha yo‘l belgilari o‘rnatildi. Bundan tashqari 3ta piyodalar o‘tish joylariga svetoforlar o‘rnatildi.

Shuningdek, 186ta transport vositalari serqatnov bo‘lgan yo‘llar yoqaasidagi maktab va kollejlarga yo‘l patrul xizmati inspektorlari biriktirilib, ularga erta tongdan maktab va kollejlar oldida o‘quvchilarni xavfsizliklarini ta'minlash vazifalari yuklatildi.    

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid