161 million so‘mni o‘zlashtirib yuborgan ta'minotchi fosh bo‘ldi
Majburiy ijro byurosining Vobkent tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan o‘rganishda, elektr ta'minoti korxonasi katta hisobchisi A.Sh. 2017 yil va 2019 yilning o‘tgan davrida 215 ta yuridik iste'molchilarning abonent raqamlariga rasmiy hujjatlar hisoblangan to‘lov topshiriqnomalariga foydalanilgan elektr energiyasi iste'moli uchun to‘lov amalga oshirilganligi haqida soxta yozuvlar kiritganligi aniqlandi.
Buning oqibatida, A.Sh. 161 mln. 284 ming 400 so‘m miqdoridagi iste'molchilarning mablag‘larini bank kassasiga emas, balki shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagani ma'lum bo‘ldi.
Uning bu harakati uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 18.05.2024
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
10:44 / 18.05.2024
Kuchli yomg‘ir tufayli 6 ta hududda qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi
11:56 / 18.02.2024
Uchta viloyatda 50 mingdan oshiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi
17:24 / 11.08.2023