Ma’lum qilinishicha, tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida yangi o‘rnatilgan 110–35–10 kVli elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Xususan, “Ahil”, “Bo‘stonobod”, “G‘alaba”, “Gulsaroy”, “Islom ota”, “Istiqbol”, “Moyariq”, “Oltinsoy”, “Paxta”, “Qichqiriq”, “Tabassum”, “Tepaguzar”, “Umid”, “Yangi Toshkent”, “Yoshlik” hamda “Elparvar” MFYning ayrim hududlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Shu bilan birga, ta’mirlash va sinov-sozlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlanishi ham ehtimol ekani qayd etildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur ishlar tufayli elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik uzilishlar sababli aholi va iste’molchilardan yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.