Özbekistonda havo haroratining pasaygani fonida hududlarda elektr ta’minoti bilan boğliq uzilişlar kuzatilyapti. Bu borada Kun.uz’ga qator murojaatlar kelmoqda.

«Samarqand viloyati Urgut tumanidagi mahallalarda ikki kundan beri svetni yoqişmayapti. Na öçiriş haqida ogohlantirişgan, na qaçon yonişini aytadi. Bizning mahallaga gaz umuman kelmagan, ikki kundan beri svet ham yöq, içişga suv ham qolmadi, telefonda antenna ham, quvvat ham yöq», deydi Kun.uz bilan boğlangan murojaatçilardan biri.

«Men Surxondarë viloyati Şerobod tumanidanman. Bizda 4 kundan beri svet yöq. 1154 raqamiga telefon qilişning hojati qolmadi. Ular javob berişmayapti», deyiladi boşqa bir murojaatda.

Jurnalist Muhrim A’zamxöjayev ham qator hududlardan svet bilan boğliq muammoli murojaatlar köpaygani haqida yozdi.

«Mana, 24 soatdan oşib ketdiki, Surxondaryo viloyati Oltinsoy va Denov tumanlarining qişloq joylarida svet yöq. Şaharda ham bir soat yonadi, ikki soat öçadi. «Dvijok» bilan işlab ötiribmiz», degan surxondaryolik boşqa bir murojaatçi.

«Men Farğona viloyati Rişton tumani "Guliston" MFYdan yozyapman. Bizda ham elektr muammosi. Bir kunda zörğa 10-12 soat elektr berişyapti. Qanaqadir yeçim bordir», deyiladi yana bir murojaatda.

Energetika vazirligiga köra, Özbekistonda elektr energiyasi yetişmovçiligi masalasida muammo qolmagan. Oxirgi yillarda qurilgan önlab elektr stansiyalari hisobiga, generatsiya qilinayotgan energiya içki ehtiyojni töla qondira oladi. Svet öçişlari esa, rasmiylar izohiga köra, tok yetişmovçiligidan emas: eskirgan tarmoqlar ba’zi vaqtlarda mavjud yuklamani kötara olmay qolyapti. Tarmoqqa yuklama maksimal körsatkiçga yaqinlaşganda, taqsimlaş punktlari işdan çiqmasligi uçun hududiy elektr korxonalari ta’minotni uzib qöyişga majbur böladi. Har holda, rasmiy izoh şunday.