O‘zbekiston | 15:22 / 04.09.2019
1887
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘l tumani kichik sanoat zonasi hududi kengaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining Yangiyo‘l tumani kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida joylashgan davlat mulki obektlari va ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tegishli ro‘yxat bo‘yicha Yangiyul tumani kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladi.

Qaror bilan, obektlar Yangiyul shahar hokimligiga ularning balansida saqlovchilarning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzdorligini beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirish, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda - ularning keyingi soliq to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob qilish evaziga berilishi;

obektlarda tadbirkorlik sub'yektlarini joylashtirish va ularning faoliyatini tashkil qilish O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3194-son qarori talablari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Ilovaga ko‘ra, “Biokimyo” AJning foydalanilmayotgan bino-inshootlari va yer maydoni, “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ hududini optimallashtirishdan bo‘shaydigan yer maydoni va binolar, “Yangi sifat” MChJ bino-inshootlari va yer maydoni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid