Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zto‘qimachisanoat»: Bu yilgi terim uchun 130ta yuqori unumdor mashinalar sotib olindi
Bugun, 6 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi mas'ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda «O‘zto‘qimachisanoat» raisi Ilhom Haydarov jurnalistlarning klasterlar va yangi paxta terim mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha savollariga javob qaytardi.

«2017 yil yanvar oyida davlat rahbari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish bo‘yicha topshiriq berilganda bizda bor-yo‘g‘i 1 dona klaster ishlayotgan edi. 2018 yilda esa Andijonda 2ta, qolgan barcha viloyatlarda bittadan klasterlar faoliyat yurita boshlagan. Joriy yil esa 74ta klaster 84dan ortiq tumanlarda ishlayapti», deya uyushma raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, Ilhom Haydarovning ta'kidlashicha, ayni paytda yetishtirilayotgan paxta tolasining 63 foizi klasterlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
«Klasterlarda paxta terim mashinalariga katta urg‘u berilmoqda. Bu yilgi terim uchun 130ta yuqori unumdor mashinalar sotib olindi. Ular asosan Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ishlatilishi rejalashtirilgan. Agar bu mavsumda 10 foizdan ortiq paxtamizni shu terim mashinalari orqali yig‘ishtirib oladigan bo‘lsak ham, keyingi yillarda bu foiz o‘sib boradi», deya terim mashinalari haqida ham ma'lumot berdi «O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov.
Mavzuga oid
09:30 / 01.07.2026
Paxta-to‘qimachilik sohasiga yangi imtiyozlar berildi
14:46 / 02.01.2026
Paxta va g‘alla navlari yangilanadi: tezpishar serhosil navlar joriy etiladi
12:54 / 10.12.2025
Paxta va g‘alla fermerlari uchun reyting joriy etiladi
13:16 / 18.09.2023