Loyihaga köra, paxta böyiça örtaça hosildorlik körsatkiçlarini 45–50 sentnerga yetkaziş, ğalla böyiça esa hosildorlikni 90–100 sentnergaça oşiriş maqsad qilingan.
Şu maqsadda paxtada 8 ta tezpişar serhosil navlarni tanlaş va joylaştiriş, ğallada esa 12 ta yangi tezpişar serhosil navlarni tanlaş va joylaştiriş rejalaştirilgan. Qayd etilişiça, bu çoralar hosildorlikni barqaror oşiriş, iqlim va resurs omillariga moslaşgan navlar uluşini kengaytirişga xizmat qilişi közda tutilmoqda.
Şuningdek, loyihada zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va ğalla maydonlarining 40–50 foizida joriy etiş ham nazarda tutilgan.
Strategiya loyihasida belgilangan vazifalar paxta va ğalla yetiştirişda navlarni yangilaş hamda tezpişar serhosil navlarni joriy etiş orqali hosildorlikni oşiriş va agrar tarmoq samaradorligini kuçaytirişga qaratilgan.








