Prezidentning «Paxta-töqimaçilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oşiriş hamda tolani çuqur qayta işlaşni qöşimça qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yilda öziga biriktirilgan yer maydonlarida paxta yetiştirgan paxta-töqimaçilik klasterlari va ular ta’sis etgan korxonalarga Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan konturlarda paxta xomaşyosi yetiştirilgani Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, har bir gektar yer uçun 3 million sömdan subsidiya ajratiladi.

Şuningdek, korxonalarning 2026 yil 1 iyunga qadar amalga oşirilgan böyalgan mato hamda aralaş va böyalgan gazlama mahsulotlarini işlab çiqariş loyihalari uçun böyaş uskunalarini xarid qiliş xarajatlarining bir qismi prezidentning 2022 yil 21 yanvardagi tegişli farmonida belgilangan miqdorlar doirasida subsidiya qilinadi. Bu maqsadda avval ajratilgan mablağlarning qoldiq qismi yönaltiriladi.

Bundan taşqari, 2027 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarning barqarorlik reytingida «A» va undan yuqori toifaga kiritilgan paxta-töqimaçilik klasterlari hamda töqimaçilik korxonalari uçun qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasi qöşimça tekşiruvlar ötkazilmasdan 20 kun içida qaytarib berilişi belgilandi.

Mazkur çoralar paxta-töqimaçilik sohasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş hajmini oşiriş hamda eksport salohiyatini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.