Prezident Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mahalliy yangi paxta navlarini yaratiş işlariga alohida e’tibor qaratiladi. Ilmiy markazlarda 56 ta mahalliy navni xorijiy navlar bilan seleksiya qiliş asosida paxta uruğçiligini rivojlantiriş rejalaştirilgan. Şu maqsadda Genomika va Paxtaçilik ilmiy institutlariga fitotron va issiqxona qurib beriladi.

Paxta yetiştiriş uçun birja orqali mineral öğit va yoqilğini 10–15 foiz arzon narxda yetkazib beriş amaliyoti kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Bu fermerlarning xarajatlarini qisqartiriş va hosildorlikni oşirişga xizmat qiladi.

Yangi tartibga köra, paxta va ğalla yönalişidagi fermerlar uçun alohida reyting şakllantiriladi. Kamida 10 yildan beri faoliyat yuritayotgan, kredit, lizing va soliq böyiça muddati ötgan qarzi bölmagan fermerlar reytingda yuqori örinlarni egallaş imkoniyatiga ega böladi.

Reytingning yuqori poğonasida turgan fermerlarga Qişloq xöjaligi jamğarmasidan beriladigan imtiyozli kredit stavkalari yanada pasaytiriladi: paxta uçun 8 foiz, ğalla uçun esa 10 foiz qilib belgilanadi. Bu çoralar samarali işlayotgan fermerlarni qöllab-quvvatlaş va sohada raqobatbardoşlikni oşirişni közda tutadi.