Komada bo‘lgan homilador ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirdi
Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi ayol koma holatida bo‘la turib sog‘lom qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
25 yoshli Keytlin Stabbsda arteriovenoz malformatsiya kasalligi aniqlanib, u nur bilan davolanishga jo‘natilgan. Ko‘p o‘tmay ayol bo‘yida bo‘lib qolib, homilaga zarar yetkazmaslik uchun davolanishdan voz kechgan. 23 iyulda ayol homiladorlikning 8-oyida bo‘lganda unda bosh miya tomiri anevrizmi yuz bergan va u komaga tushib qolgan. 24 iyulga o‘tar kechasi ayolga kesarcha kesish qilingan.

Ayol hamon komada qolmoqda va jiddiy davolanishga ehtiyojmand. Hozir uning davolanishi uchun pul to‘planmoqda. 2 sentyabrda qizchaga Kuin ismi berildi va shifoxonadan chiqarildi. Shifokorlar ayolning salomatligi bo‘yicha prognozlar berishdan bosh tortishgan.
Avvalroq iyunda komada bo‘lgan malayziyalik ayol farzand dunyoga keltirgani ma'lum qilingan. Ayolda bosh miya o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan va u operatsiya qilingan. Ona hushsiz yotganiga qaramay, homila rivojlanishda davom etgan. Ayolga homiladorlikning 33-haftasida kesarcha kesish qilingan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
O‘zbekiston | 19:09
-
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
O‘zbekiston | 19:05
-
E-Huquqshunos tizimi quyi bo‘g‘indagi davlat idoralarining ishini yengillashtirdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
O‘zbekiston | 18:39
Mavzuga oid

00:05 / 26.10.2024
Italiyada komadan uyg‘ongan 63 yoshli erkak qariyb 40 yillik o‘tmishini eslay olmayapti

22:48 / 18.11.2021
2021 yilda 3700 nafar ayolning homilasida tug‘ma nuqson mavjudligi aniqlangan – senator

12:01 / 09.01.2020
Komaga olib keladigan 8 holat

09:29 / 14.10.2019