Inson bu holatda bir yildan ortiq vaqt ötkazsa, qayta uyğonişi deyarli dargumon.
Koma nima özi va uning alomatlari qanday?
Qadimgi yunon tilidan olingan «koma» sözi «çuqur uyqu» deb tarjima qilinadi. Taşqaridan qaraganda bu uzoq vaqt davom etadigan ongsiz holat haqiqatan ham uyquga öxşaydi. Biroq, sezilarli farqlar ham mavjud.
Komaning asosiy belgilari:
- Yumilgan közlar.
- Uyğotiş imkonsizligi — bemor turtiş va ismi bilan çaqirişlarga heç qanday munosabat bildirmaydi.
- Qoraçiqlar yoruğlikka ta'sir bildirmaydi. Bu boş miya nayçalari refleksi şikastlanişi belgisidir.
- Oğriqni sezmaydi.
- Oyoq-qöllar harakatsiz. Faqatgina refleksli harakatlar mavjud.
- Nafas oliş davom etadi, ammo zörğa seziladi, tartibsiz, nafas oliş va nafas çiqariş örtasidagi uzoq tanaffus kuzatiladi.
Qaçon tez yordam çaqiriş kerak?
Doim! Koma ölim darajasidagi halokatli favqulodda vaziyat deganidir: inson istalgan soniyada hayotdan köz yumişi mumkin.
Agar yuqorida körsatilgan alomatlar paydo bölsa, darhol tez tibbiy xizmat raqamini tering — Özbekistonda 103; Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus Respublikasi, Qozoğistonda 103 yoki 112; Yevropada yagona raqam — 112.
Komaga olib keluvçi holatlar
Komaning asosiy sababi miyaga jiddiy zarar yetişidir, bu uning faoliyatiga jiddiy ta'sir qiladi. Bu, öz navbatida, turli sabablarga köra yuzaga kelişi mumkin. Quyida nisbatan keng tarqalgan omillarni keltirib ötamiz.
1. Boş miya jarohati
Muvaffaqiyatsiz yiqiliş (masalan, velosipedda yoki çanğida uçganda), yöl-transport hodisasi, boşga zarba yetkaziş — bu holatlarning har biri komaga olib kelişi mumkin.
Gap şundaki, jarohat bilan qon ketiş yoki şiş paydo böladi. Boş suyak kosasi içidagi ortiqça suyuqlik miya tomiriga bosimni oşiradi. Natijada ong uçun javobgar bölgan bölimlar zarar körişi mumkin.
2. Insult












