Italiyalik Luçano D’Amo uzoq yillik komadan keyin xotirasini yöqotdi — 63 yoşli erkak özini 24 yoşli yigit deb hisoblaşni boşlagan. D’Amo 2019 yilda sodir bölgan avariyadan keyin komaga tuşgan va mana beş yildan beri yangi realliklar — GPS, smartfonlar va 30 yoşli öğli borligiga könikişga urinmoqda.
D’Amo 40 yil davomida nimalar sodir bölganini eslay olmaydi, italiyalikning oxirgi xotiralari 1980 yilning martlariga tegişli. Komadan keyin u közguga qarab özini tanimagan, rafiqasini esa notaniş keksa ayol sifatida qabul qilgan. 1980 yilda ayol 19 yoşda bölgan va D’Amo unga uylaniş umidida yurgan. Bundan taşqari, komadan uyğongaç u onasiga qönğiroq qilib berişlarini söragan — erkak öz onasi vafot etgan davrni ham eslay olmagan.
D’Amo özini aeroportdagi yerusti operatsiyalari böyiça ofitser sifatida eslab qolgan, ammo u hayotini noldan boşlaşga majbur bölgan va maktabga qöriqçi sifatida işga kirgan.
Hozirda xotirasini yöqotgan erkak 68 yoşda va u ötmişdagi ayrim detallarnigina eslaşga muvaffaq bölmoqda. Beş yil ötgan bölsa-da, D’Amo hamon ba’zi qiyinçiliklarga duç kelyapti. Masalan, u samolyotda uçganini eslay olmaydi, öz vatanida yaqin yillarda yuz bergan faktlarni bilmaydi.












