2021 yilda 3700 nafar ayolning homilasida tug‘ma nuqson mavjudligi aniqlangan – senator
Senatning 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 21-yalpi majlisida senator Manzura Salimovaning aytishicha, 2021 yilning yanvar– sentabr oylarida skrining ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan 3 700 nafar ayolning homilasida tug‘ma nuqson mavjudligi aniqlangan.
“2021 yilning 9 oyi davomida “Ona va bola skrining” markazlari tomonidan homiladagi nuqsonlarni barvaqt aniqlash maqsadida xavfli guruhga kiruvchi 210362 nafar homilador ayol skrining ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan. Shundan 3700 nafar ayolda homilaning tug‘ma nuqsoni mavjudligi aniqlanib, 3175 ta homiladorlik o‘z vaqtida to‘xtatilgan.
Shuningdek, 541 570 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ma gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi) va fenilketonuriya (ruhiy rivojlanish susayishiga olib keluvchi va nasldan naslga o‘tuvchi, tug‘ma modda almashinuvi buzilishi) kasalliklariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.
Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra 7 392 nafar chaqaloqda tug‘ma gipotireoz va 3 897 nafarida fenilketonuriya kasalligiga moyillik borligi aniqlangan. Aniqlangan kasalliklar skrining markazlarida dispanser nazoratiga olinib, sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda”, deya Manzura Salimovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq O‘zbekistonda homilador ayollarda koronavirusga chalinish holatlari 2020 yilga nisbatan ortgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:15 / 06.09.2019
Komada bo‘lgan homilador ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirdi
12:21 / 21.03.2019
Bolaning Daun sindromi bilan tug‘ilishining asosiy omili ma'lum qilindi
21:05 / 13.02.2019
Ona o‘limga mahkum bolasini boshqa bolalarga yordam berish maqsadida tug‘ishga qaror qildi
20:54 / 11.02.2019