O‘zbekiston | 19:13 / 07.09.2019
3779
3 daqiqa o‘qiladi

"Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning podstansiyalar xizmati yangi binoda ish boshladi

 Bugungi kunga kelib elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortib borishi natijasida ushbu soha vakillariga naqadar mas'uliyatli ish yuklanganini anglash mumkin. O‘z kasbiga fidokorlik bilan yondashayotgan soha mutaxassislarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash, adolatli mehnat sharoitlarida faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi "Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyatining Podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari uchun zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ma'muriy binosi qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi. Endilikda xodimlar uchun texnik o‘quv xonalari, kutubxona, kiyinish xonasi, majlislar zali, muhandis texnik ustalar va elektromontyorlar uchun xonalar, ovqatlanish xonalari kabi qulaylikni o‘z ichiga olgan. Binodagi barcha xonalar yangi jihozlar bilan jihozlandi. Ishchi xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha mavsumiy maxsus kiyimlar, himoya vositalari hamda asbob uskunalar bilan ta'minlandi. 

 Kasaba uyushmalari tomonidan ishchi xizmatchilarning mehnat ta'tili davomida mazmunli dam olishlarini ta'minlash maqsadida dam olish maskanlariga yuborilmoqdalar. Haftaning dam olish kunlarida madaniy- ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

 Ushbu soha vakillari bugungi kunga kelib Namangan viloyati bo‘yicha 90 dona 110kVli, 85 dona 35kVli podstansiyalarga texnik xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015yil 11 noyabrdagi «2018-2019 yillar davomida Namangan Viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risida PK-2439 qarorini 4-bandini 4-ilovasida kayd etilgan, Namangan Viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan Uchqo‘rg‘on MChJ, “Uchqo‘rg‘on uzteks” fabrikasini ishga tushirish uchun, "Namangan XETK" AJ podstansiyasiga qarashli 110/10kv li To‘qimachi podstansiyasida umumiy quvvati 12600kVA li quvvat transformatorlarini umumiy quvvati 41000kVA bo‘lgan transformatorlar hamda zamonaviy taqsimlash qurilmalarga almashtirib ishga tushirish ishlari bajarildi. 

 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha rejalar asosida barcha taqsimlash kurilmalarini ta'mirlash ishlari olib borilmokda.

 Iste'molchilarni sifatli elektr energiya bilan ta'minlash maqsadida 5 dona umumiy quvvati 63000kVA bo‘lgan transformatorlar, 18 dona 110 kVli 56 dona 35 kVli moyli o‘chirgichlar to‘liq ta'mirlandi.

"Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ matbuot xizmati 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid