Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash bo‘yicha sa'y-harakatlarini yuqori baholadi
2019 yilning 6 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yan bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi sa'y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash bo‘yicha sa'y-harakatlarini yuqori baholagan.
Elchi Afg‘onistonning mintaqaviy loyihalarga jalb etilishi muhimligi haqidagi O‘zbekiston tomonining fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, bu esa mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam berishini ta'kidladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026