Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektrobus Toshkent ko‘chalari bo‘ylab ilk reysini amalga oshirdi
Belarusdan keltirilgan elektrobus 7 sentyabrda Toshkent ko‘chalari bo‘ylab ilk reysini amalga oshirdi. Ekologik toza transport vositasining birinchi yo‘lovchilari hokimlik va OAV vakillari bo‘lishdi.
Yangi transport turi yo‘lovchilarni keyingi haftadan tashiy boshlaydi.

“Belkommunmash”ning Ye420 Vitovt Electro elektrobusi atrofga zararli chiqindilar chiqarmasligi, shovqinsizligi va sof energiya manbasini qo‘llashi bilan ajralib turadi. “Yashil transport” maxsus batareyalardan quvvatlanadi.
Batareyalarni so‘nggi bekatlarda 6-8 daqiqa davomida quvvatlash mumkin. To‘plangan energiya 20-25 km yo‘lni bosib o‘tishga yetadi.


Elektrobus 41-yo‘nalish bo‘yicha sinov rejimida qatnay boshlaydi. Bu yo‘nalish bejizga tanlanmagan, chunki u eng qisqa yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
90 yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtobus sinov vaqtida o‘zini yaxshi namoyon qilib, yo‘lovchilarga ma'qul kelsa boshqa yo‘nalishlarga ham chiqariladi. Hozircha yangi texnika issiq havo sharoitida o‘zini qanday tutishi noma'lum. Shuningdek, uning yo‘lovchilar salomatligiga ta'siri ham o‘rganiladi.
Mavzuga oid
21:53 / 29.01.2026
Toshkentda chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘lgan yigit jazolandi
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026