Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahkumlar almashishda hissasi borligini aytdi
Foto: facebook.com/petroporoshenko
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyada ushlab turilgan asirlarning uylariga qaytishi bilan tabrikladi va u minglab ukrainaliklarning ozod qilinishiga aloqadorligini aytdi. U bu haqda Facebook’da yozgan.
“Ukrainaning 5-prezidenti, minglab hamyurtlarimizning ozod qilinishiga aloqador shaxs sifatida bunda oddiy qarorlar bo‘lmasligini bilaman. Biz tomondan bahordayoq erishilgan Xalqaro dengiz tribunali qarori Putinni devorga taqagani va qahramonlarimizni nihoyat ozod etishga majbur etganidan faxrlanaman”, deb yozgan Poroshenko. U, shuningdek, ushbu g‘alaba bo‘shashtirmasligi kerakligini, chunki hukumat va muxolifat oldida birgalikdagi kurash borligini qo‘shimcha qilgan.
Biroq sobiq prezidentning bu izohi ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan kulguga olingan.
7 sentyabrda Rossiya va Ukraina o‘rtasida “35 ga 35” shaklida mahkumlar almashilgan.
Mavzuga oid
11:11 / 17.01.2026
Kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
18:04 / 15.01.2026
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
08:31 / 19.07.2025