Qonunga kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, Jinoyat kodeksining 73-moddasi 4-qismida körsatilgan şaxslarga (umrbod ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilganlar bundan mustasno) ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötaş davrida tayinlangan jazo muddatini qisqartiriş mumkin böladi.
Buning uçun mahkumda töğri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni şakllantirişga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar röyxatidagi kitoblarni öqigani tasdiqlanişi şart.
Qoidalarga köra:
- har bir öqilgan kitob uçun jazo muddati 3 kunga qisqartirilişi mumkin;
- biroq 1 yilda köpi bilan 30 kungaça qisqartirişga yöl qöyiladi.
Kitob öqiganlik faktini aniqlaş mahkumning muassasa ma’muriyatiga bergan arizasi asosida, jazoni ijro etiş muassasasi xodimlari hamda jamoatçilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oşiriladi. Komissiya yiğilişi yiliga kamida 2 marta ötkazilişi belgilangan.
Imtihon (baholaş) natijalariga köra komissiya mahkumning kitob öqiganligi faktini tasdiqlaş haqida xulosa qabul qiladi. Xulosaning köçirma nusxasi prokurorga yuborilib, mahkumga imzo qöydirgan holda topşiriladi, himoyaçiga esa söroviga köra berilişi qayd etilgan.
Şundan söng, xulosa qabul qilinganda muassasa ma’muriyati sudga jazo muddatini qisqartiriş töğrisida taqdimnoma yuboradi. Yakuniy qaror esa sud tomonidan qabul qilinadi.

















