Jinoyat-ijro kodeksiga mahkumlar huquqiga oid özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qayd qilinişiça, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning masofali video-uçraşuvdan foydalaniş huquqini belgilaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.

Endi mahkum öz şaxsiy mablaği hisobidan tölanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1 marta masofali video-uçraşuv yoki telefon orqali sözlaşiş huquqiga ega böldi.

Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1 marta telefon orqali sözlaşiş huquqiga egaligi belgilangan edi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan (15 yanvardan) kuçga kirdi.