O‘zbekiston | 11:10 / 09.09.2019
3120
1 daqiqa o‘qiladi

OPeK jamg‘armasi Namanganda suv ta'minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi

Foto: AP

Loyiha TIAning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma.
 
Mintaqaning suv ta'minotini yaxshilash bo‘yicha besh yillik (2020-2025 yillar) loyiha Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrini qamrab oladi.
 
Umumiy qiymati - $68,05 mln. Undan $53,96 mln - OPeK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yil muddatga berilgan qarzi. Ekvivalentda $14,09 mln – O‘zbekistonning soliq va bojxona imtiyozlari berish, shuningdek, investitsiya davrida moliyaviy chiqimlarni to‘lash tarzidagi hissasi.
 
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi loyiha amalga oshirilishi, xorijiy qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.
 
Hujjat 5.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid