Jamiyat | 12:05 / 12.09.2019
7270
3 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 6 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 3 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda 1 nafar fuqaro halok bo‘lib, tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 11 sentabr kuni soat 18:26da, Chilonzor tumani, 19-daha 31-uy 8-xonadonda o‘rin ko‘rpa va divan 3 kv.m. maydonida yongan. Yong‘indan xonadonning 26 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. 

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 18:34da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 18:46da bartaraf etilgan. Yong‘in sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘inda 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

12 sentabr kuni soat 02:34da, Yunusobod tumani, Bodomzor 10-tor ko‘chasi 3a-uyning ichki va tom qismi 120 kv.m. maydonida yonib, yong‘inni tarqalishi oqibatida qo‘shni xonadonlarning tom qismlari jami 40 kv.m. maydonida zarar ko‘rgan. Yong‘indan uylarning 590 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. 

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:39da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:07da qurshab olinib, soat 03:19da bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. 

Mavzuga oid