Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Xitoyning harbiylar bilan aloqador kompaniyalari ro‘yxatini tuzmoqda
AQSh mudofaa vazirligi strategik muhim texnologiyalar Xitoyga chiqib ketishining oldini olish uchun ushbu davlatning harbiylar bilan aloqador kompaniyalari ro‘yxatini tuzmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.
Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Pentagon "mudofaa yetkazmalari milliy tizimiga zarar yetish xavfini kamaytirish maqsadida Xitoy xalq ozodlik armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita aloqador kompaniya va tashkilotlarni aniqlashga harakat qilmoqda".
Nashrning qayd etishicha, bunday ro‘yxat hukumatga Xitoy tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy tahdidlarni pasaytirish imkonini beradi.
Amerika qurol yetkazib berish tizimi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha choralar Xitoyning ikki tomonlama ahamiyatga ega texnologiyalarni qo‘lga kiritish uchun harakatlari kuchayganligi sababli ko‘rilmoqda, deb ta'kidlaydi Financial Times.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026