Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Interpoldan MRB agenti deb atalayotgan Smolenkovning qayerda ekanligini aniqlab berishni so‘radi
Rossiya Interpoldan OAVda Kreml ma'muriyatining sobiq xodimi Oleg Smolenkov MRB agenti ekanligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng, uning qayerda ekanligini aniqlab berishni so‘radi.
Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Smolenkov bir necha yil avval oilasi bilan xorijiy davlat hududida g‘oyib bo‘lgan.
"Ikki yildan keyin esa Amerika OAV u AQSh hududida ekanligini yozmoqda. Bu o‘z-o‘zidan, tegishli protsessual protseduralar doirasida tekshiruv o‘tkazilishini talab qiladi. Shu bois Interpol oldiga xorij fuqarosining yo‘qolib qolishi va uning Qo‘shma Shtatlar hududida ekanligi bo‘yicha savollar qo‘yildi", dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Amerika maxsus xizmatlari 2017 yilda Rossiyadan o‘zlarining qimmatli agentini olib chiqib ketishga majbur bo‘lganligini xabar qilgandi.
"Kommersant'" gazetasining ma'lumot berishicha, Oleg Smolenkov CNN aytayotgan o‘sha qimmatli agentdir. Nashrning yozishicha, Smolenkov ilgari Rossiya prezidenti ma'muriyatida ishlagan. U 2017 yilda oilasi bilan Chernogoriyaga dam olgani ketganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026