Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Livandan sanksiyalar ostiga tushgan bankni zudlik bilan yopishni talab qildi
Foto: AP Photo / Jacquelyn Martin
AQSh Livandan “Hizbulloh” bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyalar ostiga tushgan Jammal Trust Bank bankini zudlik bilan yopishni talab qilmoqda. Bu haqda AQSh moliya vazirining terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha maslahatchisi Marshall Billingsli ma'lum qildi.
"Biz Livan hukumati bankni zudlik bilan yopishdan tortib jinoiy ish qo‘zg‘ashgacha bo‘lgan kerakli choralar ko‘rishini kutmoqdamiz", - dedi Billingsli.
AQSh avgust oxirida Jammal Trust Bank va uning Trust Insurance Co. SAL, Trust Insurance Services SAL, Trust Life Insurance Co. SAL filiallarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
Mazkur bank Livanda 22 ta filial va xorijda uchta vakolatxonasiga ega. U kattaligi jihatidan mamlakatda 26-o‘rinda turadi. AQSh hukumatining ma'lumotiga ko‘ra, bu bank 2000 yil o‘rtalaridan buyon “Hizbulloh” harakatining rahbariyatiga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelgan.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
10:20 / 10.02.2026