Jahon | 23:12 / 13.09.2019
3934
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi shifoxonada yuz bergan yong‘in 11 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Globo

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Badim davlat shifoxonasida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda G1 nashri xabar berdi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 12 sentyabrda qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan yong‘in vaqtida shifoxonada 103 bemor va 224 xodim bo‘lgan. Yong‘in vaqtida to‘g‘ri ko‘chaga nosilkalarda evakuatsiya qilingan bemorlardan aksariyati boshqa tibbiyot muassasalariga o‘tkazilgan.

Yuqori qavatlardagi bemorlar bir-biriga bog‘langan choyshablar yordamida pastga tushishgan.

Shuningdek, shifoxona binosi qulashi xavfi borligi sababli yaqin atrofdagi uylar aholisi ham evakuatsiya qilingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid