Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: qayerda nikohdan o‘tishni tanlash - fuqarolarning huquqi
Oliy Majlis Senati tomonidan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror tasdiqlandi.
Qaror muhokamasi davomida muhokama ishtirokchilari tomonidan berilgan «Nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish marosimini to‘yxonaning o‘zida tashkillashtirishni belgilab qo‘yish kortej bilan bog‘liq muammoli holatlarning oldini olmaydimi?», degan savolga Senat raisi Tanzila Norboyeva javob berdi.
«Biz bu variantni, ya'ni to‘y marosimi o‘tkaziladigan joyda hammaning ishtirokida nikohni qayd etishni ham o‘ylab ko‘rdik. Lekin kimdir FHDYo idorasiga borib, kimdir to‘yxonaning o‘zida nikohdan o‘tishni xohlaydi. Qay birini tanlash esa odamlarning huquqi», ta'kidladi u.
Bundan tashqari, muhokama davomida Senatning Mudofaa qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev farzandlar tomonidan beriladigan ehson oshini o‘tkazish tartibini saqlab qolishni taklif qildi.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
17:44 / 04.02.2026
O‘zbekiston va Iordaniya parlamentlari yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi
21:24 / 03.12.2025