Jahon | 23:47 / 14.09.2019
4852
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy jahon kino biznesi vakillarini Ukrainada filmlar suratga olishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jahon kino biznesi vakillarini Ukrainada filmlar suratga olishga chaqirdi.

Zelenskiy avvalroq mamlakatni qudratli kinematografiya davlatiga aylantirish uchun bor kuchini sarflashga va'da bergandi.

"Jahon kinohamjamiyati vakillariga murojaat qilmoqdaman. Siz uchun Ukraina eshiklari ochiq. Biz sifatli kino suratga olish uchun barcha narsa – ajoyib maskanlar, malakali mutaxassislar va kerakli texnik bazaga egamiz", - deb yozdi Zelenskiy o‘zining Facebook sahifasida.

Ukraina prezidenti shuningdek, Kiyevdagi Yalta Yevropa strategiyasi 16-uchrashuvida "Chernobil" seriali ssenariysi muallifi va prodyuseri Kreyg Mezin, aktrisalar Robin Rayt va Mila Kunis hamda aktyor va prodyuser Eshton Katcher bilan uchrashganini bildirdi. 

"Ularning barchasi bilan kino, jumladan Ukraina kinosanoatini rivojlantirish hamda unga investitsiyalar jalb etish yo‘llari to‘g‘risida sermahsul suhbatlar o‘tkazdik", - deya qayd etdi Zelenskiy.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid