Jahon | 15:50 / 15.09.2019
22642
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda «Tolibon»ning yuqori martabali amaldori o‘ldirildi

Foto: Flickr

Afg‘onistondagi Samangan viloyatining “soyadagi” gubernatori, “Tolibon” vakili Mavlavi Nuriddin hukumat kuchlari aviazarbasi chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Mavalavi Nuriddin va uning to‘rt nafar tansoqchisi ketayotgan avtomobil Tuksin qishlog‘i yaqinida havodan berilgan zarbaga uchradi", - dedi afg‘on armiyasi 209-korpusining matbuot xizmati rahbari Xanif Rezaiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinada bo‘lgan barcha halok bo‘lgan.

Toliblar bu xabarga hozircha izoh berishmadi.

Sentabr boshlarida Bog‘lon viloyatida yana bir “soyadagi” gubernator Mulla Abidulla o‘ldirilgan, u bilan birga yana 45 jangari yo‘q qilingandi.

Mavzuga oid