Jamiyat | 11:46 / 15.09.2019
7607
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Asaka» bank murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislarining malakasini oshirmoqda

Foto: «Asaka» bank

«Asaka» bank tizimidagi xodimlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida filiallarning murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur treningga O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasidan vakillar tashrif buyurishdi.

Unda asosiy e'tibor murojaatlar bilan ishlash tartibi va ahamiyatiga qaratildi.

Ta'kidlash joizki, «Asaka» bankda xizmat ko‘rsatishning yuqori standart darajasini ta'minlash, xodimlar malakasini oshirish hamda aholi uchun keng turdagi bank xizmatlarini qulay shakllarda ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida xodimlar uchun muntazam ravishda seminar-treninglar tashkillashtirib kelinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida bankning 1500 dan ortiq xodimi faoliyati bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi.

«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!

Murojaat uchun telefon: (+99871) 200-55-22
Veb-sayt: www.asakabank.uz
Telegram: t.me/bank_asaka
Facebook: fb.com/bankasaka
Instagram: @asaka_bank

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid