O‘zbekiston | 18:40 / 15.09.2019
4806
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumida 92,7 mln. dollarlik 22ta investitsion kelishuv imzolandi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan shahrida 13-14 sentabr kunlari «XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikaning rivojlanishida investitsiya va innovatsiyaning roli» mavzuidagi Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar qilishicha, ushbu forumda Avstriya, Germaniya, Isroil, Misr, Pokiston, Rossiya, Slovakiya, Ukraina, Hindiston va Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan umumiy qiymati 92,7 mln. dollarlik 22ta muhim kelishuvga erishilgan va bitimlar imzolangan. 

Imzolangan bitimlarga ko‘ra, «Kosonsoy farm» erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi «Spring farmatsevtik» MChJ hamda Misr Arab Respublikasining «Pharco pharmaceuticals corporation» kompaniyasi hamkorligida 30 mln. dollarlik farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etiladi. 

Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Avstriyaning «AME International GmbH» kompaniyasi o‘rtasida 10 mln. dollarlik kardiologiya markazini barpo etish, «Merrimed Farm» MChJ korxonasi bilan Germaniyaning «Textima Export Import GmBH» kompaniyasi o‘rtasida 30 mln. dollarlik ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiy markaz tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar ham tuzilgan.

Mavzuga oid