Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqlik deputatlar mamlakatdan xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborish masalasini muhokama qilishni so‘rashdi
Ellikdan ortiq iroqlik deputatlar Iroq parlamenti spikeriga kun tartibiga mamlakat hududidan xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborish masalasini kiritish to‘g‘risidagi talabnomani taqdim etdi.
Avvalroq Iroq bosh vaziri qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Odil Abd al Mahdiy xorij qo‘shinlari hukumat bilan kelishmasdan turib mamlakat hududida mutlaqo bo‘lmasligini aytgandi.
"Biz, quyida imzo chekuvchi deputatlar vakillar palatasi kun tartibiga mamlakat hududidan xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi punkt kiritilishini talab qilamiz", - deyiladi 53 nafar deputat imzolagan taqdimnomada.
Iroqda AQSh qo‘shinlari 2003 yilda Saddam Husaynni ommaviy qirg‘in qurolini saqlashda ayblab mamlakatga bostirib kirgan va uni taxtdan ag‘darganidan buyon bo‘lib turibdi. O‘tgan yillar davomida Iroq hududidan ommaviy qirg‘in quroli topilmadi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026