Ucell O‘zbekistonda 5Gni sinamoqda
5G texnologiyasini tatbiq etishni tezlashtirish muhim va kerakliligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning aprel oyida Pekinda Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrifi davomida aytib o‘tgan.
O‘zbekistonda 5Gni tatbiq etish bo‘yicha Prezident topshirig‘ini bajarish uchun «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5Gni sinash jarayonini boshladi, bu texnologiya o‘zining yuqori tezlikda ma'lumot uzatish imkoniyatlari bilan chindan ham innovatsion hisoblanadi.
Zamon texnologik talablariga mos tarzda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi operatorlar, provayderlar hamda O‘zbekistonga telekommunikatsion qurilmalarni olib keluvchi mutaxassislarni taklif qilib, mamlakatda 5G tarmog‘ini tatbiq etish bo‘yicha takliflarni taqdim etishlarini so‘radi.
An'anaviy tarzda O‘zbekistonda so‘nggi texnologiyalarni birinchilardan bo‘lib tatbiq etuvchi Ucell kompaniyasi taklifni qabul qilib, sentabr oyida 5G tarmog‘ini sinash uchun ruxsat oldi.
Birinchi 5G tijoriy tarmog‘ini rivojlantirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi.
Shu kunlarda kompaniya mutaxassislari Ucellning Toshkentdagi bosh ofisi – Ucell Plazada birinchi 5G sinovini o‘tkazdi.
Real shartlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s ga yaqin bo‘ldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oshirilgan o‘lchovlar 1376 Mbit/s gacha yuklash tezligini ko‘rsatdi.
25-27 sentabr kunlari yillik «ICT EXPO 2019» ko‘rgazmasi doirasida Ucell ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun yoqimli syurpriz tayyorlamoqda: sinov rejimida 5G qurilmasining namoyishi! Gap nafaqat mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlar taqdimoti haqida, balki kompaniya stendida 5G texnologiyasining afzalliklarini sinash imkoniyati haqida ketmoqda.
Birinchi 5G tarmog‘ining tijoriy qamrovi shu yili Tashkent City Xalqaro biznes markazida Ucell kompaniyasining mutaxassislari tomonidan joriy etiladi.
Shundan keyin mobil tarmoqning beshinchi avlodi kundan kunga yanada ko‘proq hududni qamrab boradi hamda tez orada, HD sifatidagi bir soatlik filmni yuklab olish uchun sizga bir necha soniya kifoya bo‘ladi.
Dunyo bo‘ylab 5G tatbiq etganligi haqida xabar bergan davlatlar soni oshib bormoqda. Endi esa ushbu xaritada O‘zbekiston ham bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
01:02 / 25.10.2024
Xitoyda 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshdi
09:00 / 19.09.2024
Ucell eng tez internet mukofoti sohibi bo‘ldi
09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi
19:17 / 01.08.2024