«Napoli» - «Liverpul». Klopp va Anchelotti o‘zaro hisob-kitob qiladi

Bu jamoalar o‘tgan mavsumda ham bir guruhda joy olishgandi. «PSJ» va «Tsrvena Zvezda» klublari ham bo‘lgan o‘sha guruhda so‘nggi turgacha intriga saqlanib turgan, yakunda «Napoli» keyingi bosqichga chiqa olmagandi. Bu safar guruhdagi boshqa raqiblar biroz sodda – «Genk» va «Zalsburg», shu tomondan jamoalarning favorit ekanini oldindan aytsak bo‘ladi. Lekin har qanday klub «syurpriz» ko‘rsatishga qodirligi, shuningdek, guruhda birinchi o‘rinni olish ham keyingi bosqichda ozgina ustunlik berishi inobatga olinsa, ilk turdanoq raqiblar juda keskin va shiddatli bahs taqdim etishlariga umid qilsa bo‘ladi.
O‘tgan yili Neapolda o‘tgan o‘yinda Anchelotti shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
O‘YIN OLDIDAN
«Liverpul» yangi mavsumni yanada kuchliroq boshladi va o‘tkazilgan besh uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. «Napoli»ning sport formasini ham ajoyib holatda desak bo‘ladi. Jamoa ilk turning so‘nggi daqiqalarida «Yuventus»ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, keyingi ikki o‘yinni o‘z foydasiga hal qila oldi.
Tabiiyki, «Liverpul», turnirning so‘nggi g‘olibi sifatida, ushbu o‘yinda ham favorit sifatida baholanishi mumkin. Lekin «Nyukasl», «Byornli», «Norvich» va hatto «Arsenal»ga hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, «qizillar»ni mavsumda ilk bor haqiqatan ham jiddiy sinov kutib turibdi. Karlo Anchelotti «Liverpul»ni qanday qurolsizlantirish mumkinligini o‘tgan yili ham namoyish qilgan, o‘sha yuqorida eslangan o‘yinda «Liverpul» mezbonlar darvozasiga biror marta ham aniq zarba bera olmagandi.
Bundan tashqari, «Liverpul» Chempionlar Ligasida, aynan safar o‘yinlarida ishonchsiz ko‘ringanini ham ta'kidlash joiz. Musobaqa g‘olibi guruh bosqichidagi barcha safar o‘yinlarini boy bergan, umuman YeChL doirasidagi so‘nggi 8 safar o‘yinining 6tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
«Napoli» esa, ushbu turnirdagi so‘nggi besh o‘yinni g‘alaba bilan yakunlagan. Karlo Anchelotti boshchiligida jamoa yanada o‘sgani, taktik jihatdan ancha salobatli jamoaga aylanganini e'tirof qilish kerak.
TARKIBLAR
Jamoalarda jiddiy yo‘qotishlar yo‘q. Bugun maydonga tusha olmaydigan futbolchilar shundoq ham anchadan beri sheriklariga yordam bera olishmayapti, ya'ni jamoalar bemalol ularsiz ham optimal ko‘rinishda bo‘la oladi. Mezbonlar tarkibida Xyusay mushak jarohati tufayli maydonga tushmasa, Klopp darvozabon Alisson Beker, shuningdek, Nabi Keyta, Divok Origilarning yordamidan foydalana olmaydi. Raqiblarning taxminiy tarkibi quyidagicha:
NAPOLI: Meret, Di Lorenso, Maksimovich, Kulibali, G‘ulom, Elmas, Zelinski, Kalexon, Insine, Losano, Mertens;
LIVeRPUL: Adrian, Aleksandr-Arnold, Matip, Van Deyk, Roberson, Fabino, Veynaldum, Mane, Firmino, Saloh.
MURABBIYLAR
Karlo Anchelotti:
«Maqsadimiz – keyingi bosqichga o‘tish, buning uchun esa, Yevropaning eng kuchli jamoasi qarshiligini sindirishimizga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili juda yaxshi himoyalana olgandik, agar g‘alaba qozonishni istasak, juda saviyali o‘yin ko‘rsatishimiz shart. «Liverpul» so‘nggi oylarda yanada o‘sdi, bu ularga katta ishonch bergani tabiiy. Lekin «Napoli» ham yaxshigina kuchaydi. Xuddi o‘tgan yildagi kabi juda shiddatli qarshilik bo‘lishiga shubham yo‘q. Shogirdlarim qanday himoyalanish va qarshi hujum qilishni biladilar – biz o‘z o‘yinimizni qilishimiz kerak. Raqibga haddan tashqari urg‘u qaratmasdan, uslubimizga sodiq qolishga harakat qilamiz».
Yurgen Klopp:
«Men shu paytgacha yevrokuboklarda amaldagi chempion sifatida qatnashmaganman, buni ilk bor his qilyapman, lekin ishonamanki, «Napoli» juda kuchli ishtiyoq bilan maydonga tushadi. Ular juda kuchli jamoa, ularning saviyasini yaxshi bilamiz va bizga bu o‘yinda oson bo‘lmaydi. Biz bu o‘yinda natijaga erishish uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak – bor xavotirim shundan. Anchelotti bizni Yevropaning eng kuchli jamoasi deb atabdi. Yo‘q, unday emas. Dunyoning eng kuchli jamoasi bu – «Manchester Siti». Biz esa, o‘ylaymanki, ular bilan bir planetadamiz.
STATISTIKA
Bu o‘yin jamoalarning yevrokuboklardagi beshinchi to‘qnashuvi bo‘ladi. Bungacha ikki marta Yevropa Ligasi guruh (2010/11) bosqichida va o‘tgan yili Chempionlar Ligasida raqib bo‘lishgan.
- O‘tgan yilgi birinchi uchrashuvda g‘alaba golini 90-daqiqada Lorenso Insine urgandi. 2009 yildan beri «Liverpul» darvozasiga so‘nggi daqiqalarda g‘alaba goli urilmagandi. Ungacha, 2009 yilda «Fiorentina» hujumchisi Alberto Jilardino shu ishni amalga oshirgandi.
- «Liverpul» o‘sha uchrashuvda biror marta ham raqib darvozasiga aniq zarba bera olmagan. Bu holat «qizillar» bilan 74 o‘yinda birinchi marta ro‘y bergandi.
- Agar saralash o‘yinlarini ham inobatga olsak, ingliz klublari italyanlar ustidan so‘nggi yetti uchrashuvda muvaffaqiyat qozonib kelishmoqda.
- «Napoli»ning Chempionlar Ligasida urgan 55 golining 35 foizi ikki futbolchi – Dris Mertens (10) va Lorenso Insine hisobiga yozilgan.
- 2017/18 yilgi mavsumdan boshlab, Roberto Firmino YeChLdagi 25 o‘yinda jamoaning 22 golida bevosita ishtirok etgan. U 14 gol urib, 8 marta sheriklariga golli pas uzatgan. Bu ushbu davrdagi «Liverpul» tarkibidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
- «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane 24 o‘yinda 14 gol muallifiga aylandi. Agar u bugun ham gol uradigan bo‘lsa, Dide Drogbaga yetib oladi. Drogba dastlabki 25 o‘yinida 15 gol urgandi. Hech qaysi afrikalik futbolchi ilk o‘yinlarida bu qadar tez natija ko‘rsatmagandi. Tabiiyki, agar Mane dubl qayd etadigan bo‘lsa, Drogbani ham ortda qoldiradi.
QAChON?
Uchrashuv bugun, 17 sentabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi. Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yin ham shu paytda, «Zalsburg» va «Genk» o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid

20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:10 / 05.01.2025