Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand xalqaro aeroportida yangi terminal qurilishi boshlandi
Foto: Zarnews.uz
Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida xalqaro aeroportni zamon talablariga mos darajada rekonstruksiya qilish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, qolaversa sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, mazkur vazifa ijrosi doirasida Samarqand xalqaro aeroportida soha mutasaddilari ishtirokida belgilangan loyihalar o‘rganib chiqildi.


Rejaga ko‘ra, 2019-2020 yillarda Samarqand xalqaro aeroportida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun yangi terminal quriladi va uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilinib, samolyotlar turargohini kengaytiriladi hamda radiolokatsiya tizimlari takomillashtiriladi. Yangi qoplama yotqiziladi.
Mazkur loyihalar amalga oshgach, aeroportda soatiga 600 nafar xorijiy va mahalliy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Aeroport zamonaviy qiyofaga kirgandan so‘ng bir kunda 20 dan ortiq reys amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:02
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim
15:24 / 02.04.2026