Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreya yadro quroli ishlab chiqarishni davom ettirmoqda deb hisoblamoqda
AQSh Shimoliy Koreya yadro quroli ishlab chiqarishni davom ettirmoqda, deb hisoblamoqda. Bu haqda AQSh bosh kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi masalalari bo‘yicha yordamchisi Devid Stiluell senatda ma'lum qildi.
Stiluell senatorlardan birining “Pxenyan yadro qurolini ishlab chiqarishni davom ettirmoqdami?” degan savoliga "O‘ylaymanki, ha davom ettirmoqda" deb javob berdi.
U AQSh ma'muriyatining siyosati Koreya yarimorolini to‘liq yadrosizlantirish bo‘lib qolishini va Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar bu maqsadga erishishda taraqqiyot bo‘lgandagina bekor qilinishini tasdiqladi.
Avval xabar qilinganidek, AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan joriy yil oxirigacha yana uchrashishi mumkinligini istisno qilmagan. Bungacha ikki davlat rahbarlari uch marotaba - Singapur va Xanoyda, shuningdek, Janubiy Koreya va KXDR orasidagi qurolsizlantirilgan hududda uchrashishgan.