Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan fuqarolar tomonidan mamlakatga olib kirilayotgan palma yoği va uning asosida işlab çiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining inson salomatligiga ta'siri yuzasidan tegişli davlat organlariga ma'lumotlar sörab sörovlar yuborildi hamda örganişlar olib borildi, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Qahramon Ergaşev.

Qahramon Ergaşev

Bildirilişiça, bu örganişlar deputatlarning öz saylovçilari bilan uçraşuvlarida, ular kundalik iste'mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida transyoğlari, xususan, palma yoği miqdori belgilangan me'yoridan yuqori ekanligi haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.

Tahlillar şuni körsatadiki, oxirgi uç yilda mamlakatga örtaça 50 ming tonnadan ortiq palma yoği import qilingan. Bu, öz navbatida, joriy yilning ötgan qisqa davrida palma yoği importi ötgan yillarga nisbatan keskin ösayotganligidan dalolat bermoqda.

Margarin va pişloq mahsulotlarida yoğ kislotalaridagi transizomerlar miqdor körsatkiçi böyiça 4 foizgaça etib belgilangan bölsa-da, xarid qilingan namunalarda ularning miqdori 8,8 foiz, ya'ni uşbu mahsulotlar tarkibida begona yoğlarning miqdori 2 barobardan yuqoriligi qayd etildi. Bu amaldagi “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament”da sut mahsulotlari tarkibida sut yoğlaridan taşqari begona yoğlarning bölmasligi şartiga zid bölmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligining xulosasiga köra, palma yoği inson salomatligi uçun xavfliligi tibbiyotda aniqlangan bölib, hatto, erkaklarning bepuştligini ham keltirib çiqarişi mumkin ekan. Şu bois, bugungi kunda Özbekistonda amaldagi sanitariya qoidalari va me'yorlariga asosan bolalar oziq-ovqati mahsulotlari işlab çiqarilişida palma yoğidan foydalaniş taqiqlangan.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi hisobotida mazkur masala Hukumat vakillari oldiga qöyilgan edi. Deputatlar taklifi böyiça manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat maxsus Işçi guruhi taşkil etilib, masalani çuqur örganiş va tegişli xulosalar çiqarişga kelişildi.

Söngra, 2019 yil 19 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisining bayonida Davlat dasturining ijrosi yuzasidan import qilinayotgan palma yoğining oziq-ovqat sanoatida işlatiş bilan boğliq vaziyatni örganiş böyiça manfaatdor vazirlik va idoralarga vazifalar yuklatilib, tegişli muddatlar belgilandi.