Malayziyaning barqaror palma yoği (MSPO) — bu Malayziya hukumati tomonidan işlab çiqilgan standart bölib, u mamlakatning qişloq xöjaligini barqaror rivojlaniş yöliga olib çiqişga qaratilgan. MSPO sertifikatiga ega palma yoği atrof-muhitni asraş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş va Yer resurslarini saqlaş kabi qadriyatlar asosida işlab çiqariladi. Şu tariqa, Malayziya hukumati mamlakatda palma yoği işlab çiqarişni barqaror va ekologik toza qilişga urinmoqda.
XIX asr oxirida Yevropa mustamlakaçilari tomonidan Malayziyaga olib kelingan palma yoği bugun mamlakat iqtisodiyoti uçun muhim eksport mahsulotiga aylandi. Malayziya, Indoneziyadan keyin dunyoda ikkinçi eng yirik palma yoği eksport qiluvçi mamlakat hisoblanadi.
Palma yoği - eng köp iste’mol qilinadigan ösimlik yoği bölib, uning 72%i oziq-ovqat sanoatida işlatiladi. Şuningdek, u beta-karotin va tokotriyenollar kabi foydali moddalarning tabiiy manbai hisoblanadi. Bu moddalar organizmga ijobiy ta’sir körsatadi, masalan, erta qarişning oldini oladi, miya qobiğini oziqlantiradi va yurak-qon tomir tizimini qöllab-quvvatlaydi. U xolesterin va trans yoğlarni öz içiga olmaydi, şu bois foydali hisoblanadi.
Malayziya Palma yoği işlab çiqaruvçilar kengaşining mintaqaviy vakili, texnolog, texnika fanlari nomzodi Aleksey Udovenko MSPO palma yoğini bozordagi eng yaxşi mahsulot deb hisoblaydi:
«Mutaxassislarning fikriça, MSPO bozordagi eng yaxşi palma yoği mahsulotidir. Malayziya hukumati standartlaştiriş tizimini mahorat bilan quradi. Ular hatto biomassa bilan yana nimalar qiliş mumkinligi va uni qanday qöllaş haqida öylaşmoqda. Malayziyaliklar hozirda sanoat çiqindilaridan köplab turdagi mahsulotlarni, masalan, quriliş materiallari va boşqalarni işlab çiqarişmoqda. Oziq-ovqat palma yoğini MSPO standarti böyiça işlab çiqarişga qançalik vijdonan yondaşişlari haqida nima deyiş mumkin. Bu yuqori sifatli mahsulot, eng yaxşi mevalardan muhabbat bilan yaratilgan: işlab çiqariş jarayonida iştirok etuvçi har bir xodim barça talablarni birdek qat’iy bajaradi. Buni bir neçta maxsus taşkil etilgan taşkilotlar, jumladan MPOSS (Malayziya Palma yoği standartlaştiriş kengaşi) va MPOB (Malayziya Palma yoği qömitasi) nazorat qiladi», - deydi u.
Aleksey Udovenko palma yoğining zararli ekani haqidagi barça ma’lumotlar afsona ekanligini aytadi:
«Umuman olganda, yoğning zararliligi undagi töyingan yoğlar miqdori bilan boğliq. Ba’zi töyingan yoğlar xolesterin darajasini oşiradi. Şu sababli ularni iste’mol qiliş tavsiya etilmaydi. Lekin palma yoği ideal muvozanatga ega, unda xolesterin va zararli trans-yoğlar yöq. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti trans-yoğlarni oziq-ovqat ratsionidan çiqariş kerakligini ma’lum qilgandan söng, palma yoği faqat alternativ sifatida tavsiya qilindi. Yuqori haroratlarga çidamliligi tufayli bu yoğ qovuriş va ovqat tayyorlaş uçun mos keladi. U nafaqat taomlar uçun, balki konditer mahsulotlari uçun ham mukammal. YeIda har yili palma yoğining 2 million tonnasi Yevropa oziq-ovqat sanoatida işlatiladi. Masalan, yevropaliklar palma yoğini sariyoğga afzal körişadi, çunki bu salomatlik uçun foydali mahsulot. Yevropada aholi boşiga palma yoğining örtaça importi yiliga taxminan 6,5 kgni taşkil etadi. Bu Rossiya va MDH mamlakatlaridagi iste’moldan bir neça barobar köp».







