Quyi palata deputatlari tegişli qömita bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş yuzasidan tayyorlangan turli mahsulotlarning sifati, xususan, palma yoğining inson organizmiga ta'siri yuzasidan har tomonlama örganişlar ötkaziş, bu borada tegişli idoralarga sörov yuboriş hamda mazkur masalani parlament nazoratiga amalga oşirişga kirişdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi tomonidan mazkur masalaga oydinlik kiritib, uni çuqur örganiş maqsadida 2019 yil 29 may kuni “Özstandart” agentligiga palma yoğining işlatilişini tartibga soluvçi standartlar, tarkibida palma yoği bölgan mahsulotlarning turlari, ularning jahon standartlariga mos kelişi hamda amaliyotda uçrayotgan muammolar töğrisida, şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligiga palma yoğining inson organizmiga ta'siri, uning ijobiy yoki salbiy xususiyatlari, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş yönalişida olib borilayotgan işlarning holati, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi haqida ma'lumotlar taqdim etiş yuzasidan sörov yuborildi.

Parlament nazoratini ta'minlaş yuzasidan tegişli idoralardan ham mamlakatimizga xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan palma yoğining yillik hajmi, turi, qaysi davlatlardan va qanday maqsadda import qilinayotgani haqida ma'lumot beriş söraldi.

2017 yilning may oyida Yevropa oziq-ovqat standartlari va xavfsizligi taşkiloti oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişda keng foydalanilayotgan palma yoği tarkibida kanserogen moddalar aniqlanganini ma'lum qildi. Bunda qandolat, xususan, şokolad tayyorlaşda keng foydalanilayotgan palma yoği 200 darajadan yuqori issiqlikda qizdirilganda undan glitsidil moddasiga ega yoğli efir kislotasi ajralib çiqqani kuzatilgan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lum qilişiça, bu kislota genotoksik yoki kanserogen modda bölib, saratonni keltirib çiqaradi va xastalikni avj oldiradi. Natijada bu yoğ saraton xastaligi töqimalari köpayişiga va tananing boşqa yeriga köçib ötişiga yordamlaşadi. Ayniqsa, bunday moddalar organizmi nimjon bolalar salomatligi uçun juda xavfli.

Bugungi kunda parlament Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligiga oid turli masalalar, xususan, xalqimiz soğligiga putur yetkazadigan mahsulotlarni işlab çiqarişni nazoratga oliş yoki ularni import qilişga qarşi kuraşiş maqsadida amaldagi qonunlarga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritiş işlari boşlab yuborildi. Ötkazilgan sörov va örganişlar asosida amalga oşirilgan işlar sarhisob qilinib, tegişli xulosa va qarorlar qabul qilinadi. Natijada deputatlarning sohani tartibga soliş, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli parlament nazorati örnatilişiga asos böladi, deyiladi xabarda.