Bugun, 15 oktabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Aholi salomatligini muhofaza qilişda import mahsulotlar sifatiga e'tibor qaratiş: mahalliy mahsulotlarning hamyonbopligi va aholi talablariga mosligini iste'molçilarga tuşuntiriş» mavzusida tadbir bölib ötdi. Unda «Özstandart» agentligi, Iste'molçilarni himoya qiliş federatsiyasi, Bojxona qömitasi, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa qator mutasaddi taşkilotlar iştirok etdi. Anjumanda deputatlar tomonidan muhokamalarga sabab bölgan import qilinayotgan palma yoği sifati böyiça savollarga javob berildi. «Özstandart» agentligi sertifikatlaştiriş boşqarmasi rahbari Nozim Sobirov mavzu böyiça batafsil ma'lumot berdi.

«Palma yoği butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga qöllanadi. Özbekistonga import qilinadigan palma yoği bir neça sifat tekşiruvlaridan ötadi. Ikki xil palma yoği: iste'molga yaroqli va texnik maqsadlarda foydalaniladigan turlari bor. Ikkinçi toifadagi yoğ arzon va talab şunga yaraşa kuçli. Şuning uçun Özbekistonga texnik palma yoği köproq kirib kelyapti. Şu sababli ham aholi orasida palma yoği faqat texnik maqsadlarda foydalanilar ekan, degan tuşunça şakllangan. Vaholanki, palma yoğini iste'mol mahsulotlariga işlatsa ham böladi. Bundan avval bu bosqiçga olib keliş uçun işlov berilişi zarur. Afsuski, Özbekistonda palma yoğini iste'mol darajasigaça olib keladigan işlab çiqariş tuzilmasi yöq. Tadbirkorlar texnik va iste'mol palma yoği bir xil maqsadlarda foydalanilmasligini tuşunişmaydi», deya uning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Qöşimça qilinişiça, oxirgi vaqtlarda Qozoğiston va Malayziyadan keltirilgan palma yoği sinov-tekşiruvlari ötkazildi. Unga köra, Qozoğistonda işlab çiqarilgan palma yoği 2ta körsatkiç böyiça nomuvofiqligi (nikel miqdori 2 baravar, transyoğlar 4,5 baravar yuqori) aniqlandi. Sifatsiz palma yoği kirib kelişining oldini oliş böiça xalqaro institutlar va Bojxona qömitasi bilan iş olib borilmoqda.