O‘zbekiston | 19:38 / 18.09.2019
26125
2 daqiqa o‘qiladi

Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari tasdiqlandi

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi, Mehnat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016 yil 21 noyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid