Jahon | 19:21 / 18.09.2019
7822
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga kimni tayinlashini ma'lum qildi
“Men hozirda davlat departamentida prezidentning garovga olinganlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlayotgan Robert O'Brayyenni milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchimiz etib tayinlashimni e'lon qilishdan xursandman. Men Robert bilan uzoq vaqtdan beri ishlayman. U ushbu ishni a'lo darajada uddalaydi!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
O'Brayyen Tramp prezidentligi vaqtida ushbu lavozimni egallaydigan to‘rtinchi amaldor bo‘ladi. Tramp bungacha ushbu lavozimni egallagan Jon Boltonni siyosiy kelishmovchiliklar sababli o‘tgan hafta iste'foga chiqargandi.
AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisini senat tasdiqlovisiz tayinlay oladi.
Mavzuga oid
10:16 / 15.04.2024
Jyengisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi
09:12 / 15.03.2024
Bekzod Mavlonov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
10:11 / 01.10.2022
SSVda vazir maslahatchisi yangi lavozimi kiritiladi
10:57 / 06.05.2022