Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi prezidentining "Özbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosati Konsepsiyasi axborot sohasida Özbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oşirişning maqsad, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yönalişlari va mexanizmlarini belgilovçi fikrlarning yagona va yaxlit tizimi hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasining axborot sohasidagi milliy manfaatlari quyidagilarni öz içiga oladi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy holatidan, şaxsiy hayotining himoyasidan qat'iy nazar inson va fuqaroning axborot olişga va undan foydalanişga konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiliş va ta'minlaş;
davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, fuqarolik jamiyati va davlatning hamjihatlikda işlaş mexanizmlarini, huquqiy demokratik va kuçli ijtimoiy fuqarolik jamiyati şakllanişi uçun axborot böyiça kömaklaşişni ta'minlaş;
davlat, jamiyat va fuqaro manfaatlaridan kelib çiqqan holda, mamlakatning infrastrukturasi, telekommunikatsiya tizimini va axborot xavfsizligini mustahkam va uzluksiz ravişda ta'minlaş;
ekstremistik va terroristik taşkilotlarning, şuningdek boşqa buzğunçi kuçlarning aholi ongiga va xatti-harakatiga, ayniqsa yoşlarga ta'sir körsatadigan salbiy axborot va ğoyasiga qarşi turiş va ogohlantiriş;
bolalarni ularning ruhiyatini jarohatlovçi buzğunçi axborot xurujlaridan himoya qiliş, bolalarning hayotiga va soğliğiga tahdid soluvçi jinoyatlarni aks ettiruvçi xatti-harakatlarni sodir etişga undovçi axborotlarni tarqatilişiga yöl qöymaslik;
milliy axborot tizimini rivojlantiriş, jamoat xavfsizligini ta'minlaş, jamiyatning ma'naviy-axloqiy, madaniy va demokratik qadriyatlarini mustahkamlaş, milliy özlikni anglaş uçun şaroit yaratiş, vatanparvarlik, intellektual, ilmiy-ta'limiy rivojlaniş va şaxs va jamiyatning öz-özini anglaş maqsadida davlatning yagona axborot makonini şakllantiriş;
aholi, ayniqsa, yoşlar orasida axborotdan foydalaniş madaniyatini oşiriş, qidiruv, tanlaş, tahlil qiliş, qayta işlaş va kerakli ma'lumotlarni tarqatiş könikmalarini takomillaştiriş;












