Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolganlardan besh nafari jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida joriy yilning 19 sentabr kuni Bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya va ishchi guruh a'zolari qatnashdi.
«Yig‘ilishda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etishni so‘rab taqdim etgan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 yildagi «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5542-sonli Farmoni talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, komissiya 5 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida xulosa qildi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 5 nafar fuqaroni O‘zbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularning bandligini ta'minlashga ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Bugungi kunda ushbu masala bo‘yicha kelib tushgan yana 6ta murojaat ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Yig‘ilishda komissiya va ishchi guruh a'zolarining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi.
Jumladan, Farmon talablarini aholiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi ta'kidlandi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
10:11 / 25.12.2020
Toshkentdagi 5 ta bozorda narx-navo barqarorligini 15 nafar prokuratura xodimi nazorat qilmoqda
16:50 / 03.08.2018
Marg‘ilon shahrining sobiq prokurori Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar bo‘ldi. Bu uning 1,5 yil ichidagi beshinchi lavozimi
00:22 / 20.05.2018
«Amir Temur ham bunday sharoitda yashamagan». Prezident sobiq amaldorlarni katta o‘g‘irliklarda aybladi
14:04 / 12.05.2018