Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Akmalxöja Yusupoviç Mavlonov Özbekiston Respublikasi Boş prokurining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akmalxöja Mavlonov 1975 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Adliya katta maslahatçisi  Mavlonov prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boşlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, katta prokurori, Marğilon şahar prokurori (2017 yil martigaça), Sirdaryo viloyati prokurorining birinçi örinbosari (2017 yil), Xorazm viloyati prokurori (2017 yil 8 oktabridan 2018 yil 25 fevraligaça) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yilning fevral oyidan şu vaqtgaça Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimida işlagan.

Foto: Marğilon şahri prokurori Akmalxöja Mavlonov, 2017 yil fevrali / Kun.uz

Endilikda boş prokuror Otabek Murodovning birinçi örinbosari Erkaboy Aminoviç Tojiyevdan taşqari, yana 5 örinbosari bor. 

Bular Salom Ismatoviç Samadov, Ğayrat Botiroviç Xidoyatov, Saidlaziz Saidasiloviç Saidkarimov, Erkin Törayeviç Yuldaşev va Akmalxöja Yusupoviç Mavlonov.